Markaziy bank O‘zbekistonning oltin-valyuta zaxiralari to‘g‘risida ma’lumotlarni yangiladi.

Unga ko’ra zahiralar hajmi o’tgan oyga qaraganda $0,6 mlrdga kamayib, $34,3 mlrd ni tashkil etdi.

Kamayishning asosiy sababi — xorijiy valyuta. Uning hajmi $0,7 mlrd ga kam bo’ldi. Shu bilan birga, oltinning hajmi $0,3 mln troy unsiyaga oshdi.

Zaxiralar asosan xorijiy valyuta va quyma shakldagi monetar oltindan iborat:

  • valyuta — $13,6 mlrd;
  • oltin — $20,2 mlrd.

Zaxiralar davlatning “xavfsizlik yostig’i” hisoblanadi — ular tashqi xavflar ta’sirini kamaytiradi. Zaxiralarning hozirgi hajmi 20 oydan ko’proq importni moliyalashtirishga yetadi.