Jahon sayyohlik tashkiloti 2019−20-yillardagi holatlarni joriy yil bilan solishtirgan holda turizm sohasi uchun vaziyatning pessimistik va optimistik versiyadagi prognozlari bilan bo’lishdi.

Birinchi prognozga ko’ra, yozda sayohatlar soni 2020-yilning shu davriga nisbatan 65 foizga o’sadi. Biroq, eng optimistik hisob-kitoblarga ko’ra, sanoat ko’rsatkichlari, 2019-yilning bor yo’g’i 55% darajasiga yetadi.

Pessimistik variant — kuzda sayohatni atigi 30 foizga oshishi. Mutaxassislarning ta’kidlashicha, ko’p narsa emlash tezligi va samaradorligiga bog’liq bo’lib, bu o’z navbatida Covid-19 pasportini olish va mavjud yo’nalishlar ro’yxatini kengaytirishga imkon beradi.

Bundan tashqari, har bir mamlakat cheklov choralarini mustaqil ravishda belgilaydi. Agar ular yumshatilsa, mehmonlar oqimi doimiy ravishda ko’payib boradi, ammo epidemiologik vaziyat davlatni yana yopishga majbur qiladi.

Jahon savdo tashkiloti shuningdek, chegaralarni kesib o’tish protokollarini doimiy muvofiqlashtirishga chaqirdi va turizm tarixidagi eng yomon yilni takrorlamaslik uchun hamkorlik zarurligini ta’kidladi.