“Zomin” turistik-rekreatsion zonasini va xalqaro umummavsumiy kurortni tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi Prezident Farmoni (PF-6201-son, 06.04.2021 y.) qabul qilindi.

Farmonga ko‘ra, quyidagilar tashkil etildi:

  • “Zomin” turistik-rekreatsion zonasi;
  • “Zomin” turistik-rekreatsion zonasi direksiyasi" davlat unitar korxonasi;
  • Turistik zona hududida “Suffa platosi. 2 400” xalqaro umummavsumiy kurorti va “O‘riklisoy” turizm majmuasi.

Turistik zona faoliyat ko‘rsatish muddati keyinchalik uzaytirish imkoniyati bilan 30 yilga tashkil qilinadi.

2024-yil 1-yanvarga qadar qayta tiklanuvchi energiya manbalarini tashkil etish uchun tadbirkorlar tomonidan import qilinadigan asbob-uskunalar, texnika, xomashyo, butlovchi buyumlar, ehtiyot qismlar va boshqa materiallar bojxona to‘lovlaridan (qo‘shilgan qiymat solig‘i va bojxona rasmiylashtiruvi uchun yig‘imlardan tashqari) ozod etiladi.