Quvaytning “Jazeera Airways” aviakompaniyasi O‘zbekistonga muntazam qatnovlarni amalga oshirish uchun ruxsatnoma oldi. Bu haqida Transport vazitligi Axborot xizmati xabar beradi.

O‘zbekiston Respublikasi hukumati va Quvayt davlati o‘rtasida havo qatnovi to‘g‘risidagi bitim asosida “O‘zaviatsiya” agentligi tomonidan 2021-yil 12-aprel kuni “Jazeera Airways” aviakompaniyasiga Quvayt — Toshkent — Quvayt yo‘nalishida muntazam aviaqatnovlarni amalga oshirish uchun 8-k -sonli ekspluatatsion ruxsatnoma berildi.

Aviakompaniya parvozlarni A320−214 va A320−251N havo kemalarida amalga oshirishini ma’lum qildi.

Ma’lumot uchun: Joriy yilning yanvar oyida Quvayt delegatsiyasi muntazam qatnovlarni yo’lga qo’yish bo’yicha muzokaralar olib borgan edi.