Telegram mobil va Desktop qurilmalar uchun yangi web dizayn taqdim etdi. Bu haqda vc.ru nashri xabar beradi.

Ikkala talqin ham messenjerning asosiy funksiyalarini aks ettiradi.

K talqini quyidagi havola bo’ycha olinadi: https://webk.telegram.org,

Z talqini esa — https://webz.telegram.org bo’yicha.

Ikkala talqin ham animatsion stikerlarni, qorong’u dizayn, papkalarni, sharhlarni va mahalliy ilovalarning boshqa xususiyatlarini qo’llab-quvvatlaydi.

Kompaniya ikkita alohida versiyaning yaratilishini “ichki raqobatga bo’lgan ishonch” bilan izohladi.

“Ikkala yangi versiya ham mobil va statsionar qurilmalarda bir xil darajada ishlaydi”, deyiladi unda.

Yangi versiyalarda ovozli va maxfiy suhbatlar, akkauntlar va foto muharrirlari o’rtasida almashinish funksiyalari hali mavjud emas. Spam haqida shikoyat qilish hozircha imkonsiz.