“Яндекс.Бизнес” xizmatining xabar berishicha, o’z biznesini tashkil qilmoqchi bo’lgan tarmoq foydalanuvchilari ko’pincha kiyim-kechak do’konini ochish haqida o’ylashadi.

Aniqlik kiritilishicha, tadqiqot davomida 150 ta eng mashhur biznes turlari aniqlangan. Ikkinchi eng mashhur biznes — bu kafe ochilishi, uchinchisi — taksi kompaniyasi. Keyin xizmat ko’rsatish sohasidan kafe, buyurtma qabul qilish punkti, dorixona, go’zallik saloni, novvoyxona va boshqa bizneslarni ochish g’oyalari mavjud.

Qayd etilishicha, biznesning ayrim turlariga qiziqish ko’p yillar davomida saqlanib kelmoqda. Masalan, kiyim-kechak do’koni va kafe 2011-yildan beri ro’yxatning eng yuqori qismida.

O’z navbatida, sayyohlik agentligi endi o’ninchi o’rinni egallab turibdi, o’n yil oldin u birinchi o’rinda edi. Taksi parklari hozirda doimiy ravishda kuchli uchlikdan joy olishgan. 2011-yilda ular hatto o’nlikdan joy olmagan.

Tadqiqotlar shuni ko’rsatdiki, eng ko’p talab qilinadigan toifalar xizmat ko’rsatish sohasidagi biznes g’oyalardir.

Yandex, shuningdek, har bir yil uchun eng zamonaviy biznes yo’nalishlarini tanladi. Masalan, 2016-yilda odamlar o’zlarining burgerxonalarini orzu qilardilar. Onlayn maktablar esa 2018-yilda ommalashdi. 2020-yilda yetkazib berish punktlari, kuryer kompaniyalari va yetkazib beruvchi oshxonalarga bo’lgan qiziqish ortdi.