“O‘zbekgidroenergo” AJ rahbariyati hamda Fransiyaning eng yirik elektr energiya ishlab chiqaruvchi “EDF” kompaniyasining xalqaro aloqalar, Yevropa va MDH mamlakatlari bo‘yicha mas’ul vakillari ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Bu haqida Energetika vazirligi matbuot markazi xabar beradi.
Ikki tomonlama muzokaralarda “EDF” kompaniyasining xalqaro bo‘linmalariga mas’ul, katta ijrochi vise-prezidenti Beatris Buffon, Yevropa mamlakatlari bo‘linmalariga mas’ul, katta ijrochi vise-prezidenti Mark Jirar, MDH mamlakatlari ofisi rahbari Loran Paganon, MDH mamlakatlari ofisi loyihalarini rivojlantirish bo‘yicha mas’ul Mat’yo Filipp hamda Sirdaryo issiqlik elektr stansiyasi loyihasi menedjeri Korin Sandberglar ishtirok etdilar.
Uchrashuvda mamlakatimizda ilk bor GAES qurilishi, suv omborlarida suzuvchi quyosh stansiyalarini o‘rnatish, ikki tomondan maxsus ishchi guruhlar tuzish hamda asosiy tashkiliy masalalarni muhokama qilish borasida ikki tomonlama hamkorlikni amalga oshirish bo‘yicha dastlabki kelishuvlarga erishildi, shuningdek, o‘zaro amaliy hamkorlik bo‘yicha memorandum imzolashga kelishib olindi.
Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumanida qurilishi rejalashtirilayotgan Xo‘jakent GAESning loyihaviy quvvati 200 MVt ga teng.
Ma’lumot uchun: EDF — Fransiyadagi eng yirik davlat elektr energiyasi ishlab chiqaruvchi kompaniyasi va dunyodagi eng yirik atom elektr stansiyasi operatori hisoblanadi.
15 aprel 2021, 11:10
Energetika
Bo’stonliqda quvvati 200 MVt bo’lgan GAES qurish rejalashtirilmoqda
Investor Fransiyaning EDF kompaniyasi bo’lib, dunyodagi eng yirik atom elektr stansiya operatori hisoblanadi.

Foto: iStock
- 786
- Izoh
- Tavsiya qilish
So‘nggi yangiliklar
Bugun, 18:11 Iqtisodiyot
Hafta yakuni: qonunchilikdagi o‘zgarishlar, dollarning keskin pasayishi va Ozbe brendi asoschisi bilan suhbat
Spot hafta davomida O‘zbekiston va dunyoda ro‘y bergan biznes, texnologiya va iqtisodiyotga oid muhim va qiziqarli maʼlumotlarni to‘pladi.
Kecha, 19:14 Iqtisodiyot
Germaniyada maktab o‘quvchilariga “erta pensiya” tayinlash taklifi ilgari surildi
Oylik to‘lov 10 yevroni tashkil qilib, olti yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan o‘quvchilarga ularning maxsus hisob raqamiga o‘tkaziladi.
Kecha, 19:00
Parvoz turar joy majmuasi xonadon xaridida maishiy texnikani sovg‘a tariqasida taklif qilmoqda
Xonadonlar 1 kv. m uchun 7,8 mln so‘mdan boshlanib, foizsiz va ortiqcha to‘lovlarsiz 36 oygacha bo‘lib to‘lashga xarid qilish mumkin.
Kecha, 15:45 Texnologiyalar
Yaponiyada internet tezligi bo‘yicha yangi jahon rekordi o‘rnatildi
Tarmoq tezligi ma’lumotlar uzatish tezligini 1 mln Gbit/s yetkazgan bo‘lib, u bir soniyada 4K formatdagi 10 mingta filmni yuklab olish uchun yetarli hisoblanadi.
Kecha, 14:05 Iqtisodiyot
Markaziy bank O‘zbekiston kompaniyalariga sanksiyalar kiritilishining o‘rta muddatli xavfini pasaytirdi
Regulyator tashqi hamkorlarni diversifikatsiya qilishni va AQSh va Yevropa Ittifoqi sanksiyalariga rioya qilishni yaxshilashni taklif qilmoqda.
Kecha, 13:32 Biznes
Aviakompaniyalar uchun subsidiyalar ichki narxlarga qanday ta’sir qiladi? Aviatashuvchilar fikri
Spot aviakompaniyalar vakillari bilan subsidiya zarurati, ular narxlarga qanday ta’sir qilishi mumkinligi va nima uchun haligacha ichki reyslar ko‘plab yo‘lovchilarni qamrab olmayotgani haqida suhbatlashdi.
Kecha, 12:00 Iqtisodiyot
O‘zbekiston Buyuk Britaniya bilan JSTga a’zo bo‘lish bo‘yicha ikki tomonlama muzokaralarni yakunladi
Natijada, Buyuk Britaniya bozorga kirish bo‘yicha muzokaralar yakunlangan 24-davlat bo‘ldi.
Kecha, 10:02 Iqtisodiyot
O‘zbekiston meva importchisiga aylanib bormoqda — EastFruit
2021-yildan 2024-yilgacha meva importi to‘rt baravardan ham ko‘proq o‘sish bilan $60 mlndan $250 mlngacha ko‘tarildi.