Koronavirus inqirozi natijasida to‘planib qolgan ortiqcha neft zaxiralari keskin kamaymoqda, bunga talabning tiklanishi va neft narxining ko‘tarilishi sabab bo‘lgan, deya Bloomberg-dan iqtibos keltirmoqda “РБК”.
Xalqaro Energetika Agentligi (IEA) ma’lumotlarida fevral oyiga qadar to‘plangan yoqilg‘i hajmining beshdan bir qismigina omborxonalarda qolganligi ko‘rsatilgan. O‘shandan beri balanslar yanada pasayib ketdi, deya ta’kidladi agentlik.
IEA ma’lumotlariga ko‘ra, 2020-yil iyul oyida, dunyo bo‘ylab omborxonalarda 249 million barrel yig‘ilgan. Bu 2015−2019-yillardagi o‘rtacha ko‘rsatkichdan ko‘proq edi. 2021-yil fevral oyida ushbu “ortiqcha” neft miqdori 57 million barrelga tushib ketdi. Bunga talabning tiklanishi va neft narxining ko‘tarilishi sabab sifatida ko‘rsatilmoqda.
Bundan avvalroq Spot Saudiya Arabistoni Osiyo davlatlari uchun neft narxini oshirganligi haqida xabar bergan edi.