Davlat soliq qo’mitasi 2021-yilning 1-choragi bo’yicha soliq to’lagan xorijiy kompaniyalar ro’yxatinitaqdim etdi.

Unga ko’ra eng ko’p soliq to’lagan kompaniya Facebook bo’ldi (qariyb 6 mlrd so’m). Keyingi o’rinlarda Google — 3,4 mlrd, Apple- 1,9 mlrd, Netflix- 190 mln, Booking.com — 181 mln, Яндекс — 136 mln so’m soliq to’lashdi.

2021-yilning 1-apreldagi holatiga ko’ra xalqaro kompaniyalar soni 26 tani tashkil etadi. Birinchi chorakda esa davlat byudjetiga 4,3 mlrdlik soliq tushdi.