Davlat xizmatchilari onlayn tarzda har kuni bilimini oshirib borishi mumkin bo’lgan ilm.argos.uz platformasi ishga tushdi.
Bu haqda Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi tashabbusi bilan Qashqadaryo viloyatida sektorlar uchun tashkil etilgan maxsus seminarda ma’lum qilindi.
Seminar davomida sektorlar faoliyatida ahamiyat berishi lozim bo‘lgan jihatlar, xususan ish avvalida aniq reja va maqsad qo‘ya bilish, ma’lumotlar va hisobotlarni elektron tizim orqali yuritish, maxsus daftarlardagi oilalar va fuqarolarni tizimli ro‘yxatdan chiqarish mexanizmlari tushuntirildi.
Endilikda ushbu sektor rahbarlari faoliyati 13 ta aniq indikatorlar asosida muntazam baholab boriladi va muhimi, jarayonlarni aholi kuzatib borish imkoniga ega.
️Bundan tashqari, ilm.argos.uz platformasi ishga tushirilgani ma’lum qilindi. Bu platformaning qulayligi ma’lumotlar ham video, ham matn ko‘rinishida berilgan. Qolaversa, platformadan turli qurilmalar orqali kirib, bemalol foydalanish mumkin.
3 may 2021, 10:33
Texnologiyalar
Davlat xizmatchilari uchun yangi platforma ishga tushirildi
Unga ko’ra, davlat xizmatchilari onlayn tarzda o’z bilimlarini oshirib borishlari mumkin.
Foto: Eldos Fazilbekov / Spot
«Spot»
- 1 462
- Izoh
- Tavsiya qilish
So‘nggi yangiliklar
Kecha, 18:00 Energetika
O‘zbekistonda 2040-yilgacha yirik AES quvvati ikki baravarga — 2 dan 4 GVt gacha oshiriladi
2030-yilda mamlakat energetika tizimida ilk bor atom generatsiyasi paydo bo‘ladi va ikki yil o‘tib tarmoqqa 0,5 mlrd kVt.soat elektr energiyasi yetkazib bera boshlaydi.
Kecha, 16:03 Transport
O‘zbekiston va Rossiya temiryo‘l yo‘lovchi tashuvida moslashuvchan tariflar joriy etadi
Tomonlar davlatlararo yo‘lovchi tashishda tarif siyosati sohasida hamkorlik to‘g‘risidagi memorandumni imzoladi.
Kecha, 15:20 Qonunchilik
O‘zbekistondagi ekologik zonalarda o‘rta va zararli toifadagi avtomobillar harakati taqiqlanadi
Ular bunday hududlarga 1,24 mln so‘mgacha to‘lov asosida kirishlari mumkin bo‘ladi. Buning uchun mazkur avtomobil egalariga bir yillik ruxsatnoma beriladi.
Kecha, 11:36 Iqtisodiyot
O‘zbekiston Markaziy banki bir oyda $500 mlndan ortiq AQSH obligatsiyalarini xarid qildi
Oltin-valyuta zaxiralarida qimmatli qog‘ozlarning ulushi 2,49% ga yetdi. Regulyator diversifikatsiyani davom ettirishni rejalashtirmoqda.
Kecha, 09:29 Qonunchilik
Toshkentda avtomobillarga ekostiker berish 2026-yildan boshlanadi. Nimalar ma’lum?
Ekologik stikerlar ro‘yxatga olish jarayonida bepul beriladi, foydalanishdagi avtomobillarga esa onlayn murojaat orqali olish mumkin bo‘ladi.
7 dekabr 2025, 17:28 Biznes
Hafta yakuni: qishki ta’til kunlari, buzilgan somsa tandirlari hamda soliq nazorati
Spot hafta davomida O‘zbekiston va dunyoda ro‘y bergan biznes, texnologiya va iqtisodiyotga oid muhim va qiziqarli maʼlumotlarni to‘pladi.
6 dekabr 2025, 19:20 Energetika
O‘zbekiston, Qirg‘iziston va Tojikiston elektr uzatish tarmoqlari quvvatini oshiradi
Qayd etilishicha, loyiha chegaraoldi hududlarda Jahon bankining REMIT dasturi yordamida amalga oshirilmoqda.
6 dekabr 2025, 17:32 Energetika
ACWA Power uzunligi 1790 kilometrlik elektr uzatish tarmog‘ini qurishni boshladi
5-dekabr kuni esa kompaniya amalga oshirgan 752 megavatt quvvatli 4 ta shamol elektr stansiyasi elektr tarmog‘iga ulandi.
