Davlat xizmatchilari onlayn tarzda har kuni bilimini oshirib borishi mumkin bo’lgan ilm.argos.uz platformasi ishga tushdi.

Bu haqda Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi tashabbusi bilan Qashqadaryo viloyatida sektorlar uchun tashkil etilgan maxsus seminarda ma’lum qilindi.

Seminar davomida sektorlar faoliyatida ahamiyat berishi lozim bo‘lgan jihatlar, xususan ish avvalida aniq reja va maqsad qo‘ya bilish, ma’lumotlar va hisobotlarni elektron tizim orqali yuritish, maxsus daftarlardagi oilalar va fuqarolarni tizimli ro‘yxatdan chiqarish mexanizmlari tushuntirildi.

Endilikda ushbu sektor rahbarlari faoliyati 13 ta aniq indikatorlar asosida muntazam baholab boriladi va muhimi, jarayonlarni aholi kuzatib borish imkoniga ega.

️Bundan tashqari, ilm.argos.uz platformasi ishga tushirilgani ma’lum qilindi. Bu platformaning qulayligi ma’lumotlar ham video, ham matn ko‘rinishida berilgan. Qolaversa, platformadan turli qurilmalar orqali kirib, bemalol foydalanish mumkin.