WTRG Economics tahlilchisi Jeyms Uilyamsning fikricha, talabning oʻsishi avia qatnovning oʻsishi bilan bogʻliq va Qoʻshma Shtatlarda cheklovlarning bekor qilinishi yozda avtomobil yoqilgʻisiga boʻlgan talabning oshishiga olib keladi.

Londonning ICE Futures birjasida Brent markasidagi neftning iyul fyucherslari narxi $69,4 dollarni (+ 0,52 dollar) tashkil etgandi. Biroq 4-may kuni Brent fyucherslarining iyul oyiga yetkazib berish narxi $1,32 ga koʻtarildi.

WTI neftinining iyun oyida yetkazib berish uchun fyuchers narxi ham koʻtarildi. Nyu-York tovar birjasida (NYMEX) WTI fyucherslarining narxi bir barrel uchun $66,23 dollarga (+ $0,54) yetdi.

Avvalroq Spot, pandemiya davrida toʻplanib qolgan neft zaxiralari keskin kamayib ketganligi haqida xabar bergan edi.