Shavkat Mirziyoev, 10 may kuni “Ramazon hayitini nishonlash to‘g‘risida"gi PQ-5110-sonli qarorga imzo chekdi.
Qarorga ko‘ra, O‘zbekiston musulmonlari idorasining 2021-yilda Ramazon hayitining birinchi kuni 13 may — payshanba kuniga to‘g‘ri kelishi haqida qabul qilgan qarori inobatga olinib, mamlakatimizda 2021-yil 13 may Ramazon Hayiti bayrami sifatida nishonlanishi belgilandi.
Shuningdek, Prezidentning 10 maydagi PF-6222-sonli Farmoni asosida 2021 yil 14 may (juma) hamda 15 may (shanba) kunlari qo‘shimcha dam olish kuni deb e’lon qilindi.
Bundan kelib chiqib, o‘zbekistonliklar Ramazon Hayiti munosabati bilan ketma-ket 4 kun dam oladigan bo‘lishdi:
13-may, payshanba — Ramazon Hayitining birinchi kuni (ishlanmaydigan bayram kuni);
14-may, juma — qo‘shimcha dam olish kuni (barcha uchun);
15-may, shanba — qo‘shimcha dam olish kuni (barcha uchun);
16-may, yakshanba — umumiy dam olish kuni.
Qarorning to‘liq matni bu yerda.
10 may 2021, 17:21
Qonunchilik
May oyidagi qo’shimcha dam olish kunlari ma’lum qilindi
Qarorga ko’ra, 13−16-may kunlari dam olish kunlari etib belgilandi.
Foto: Yevgeniy Sorochin / Spot
«Spot»
- 2 172
- Izoh
- Tavsiya qilish
So‘nggi yangiliklar
Kecha, 19:20 Energetika
O‘zbekiston, Qirg‘iziston va Tojikiston elektr uzatish tarmoqlari quvvatini oshiradi
Qayd etilishicha, loyiha chegaraoldi hududlarda Jahon bankining REMIT dasturi yordamida amalga oshirilmoqda.
Kecha, 17:32 Energetika
ACWA Power uzunligi 1790 kilometrlik elektr uzatish tarmog‘ini qurishni boshladi
5-dekabr kuni esa kompaniya amalga oshirgan 752 megavatt quvvatli 4 ta shamol elektr stansiyasi elektr tarmog‘iga ulandi.
Kecha, 17:11 Iqtisodiyot
KIA O‘zbekistonda tashkiliy yollash uchun kadrlar tayyorlaydigan ustaxonalar ochmoqchi
Joriy yildan boshlab Janubiy Koreyada chet elliklar avtomobil kuzovlarini bo‘yash ishlarida ishlashi mumkin.
Kecha, 15:43 Biznes
“Ustyurt platosidagi loyiha neft mahsulotlari importidan voz kechishga yordam beradi” — O‘zbekneftgaz
SOCAR bilan hamkorlikda dala seysmik qidiruv ishlari boshlanmoqda. Ustyurt Operating Company loyiha operatori idorasi o‘z faoliyatini boshladi.
Kecha, 13:48 Biznes
Hugo Boss O‘zbekistondagi kompaniyadan kontrafakt savdosi uchun 20 mln so‘m undirdi
Yil boshidan buyon mamlakatda Germaniya kiyim-kechak markalariga bo‘lgan huquqlarning to‘rt marta buzilishi aniqlangan.
Kecha, 12:14 Transport
9-dekabrdan Toshkent metrosidagi 16 ta bekatda kassalar yopiladi
Ushbu bekatlarda kassalar o‘rniga yangi QR-kodli chiptalar beruvchi apparatlar — infokioskalar ishga tushirilgan.
Kecha, 10:10 Iqtisodiyot
Bayram kunlari qaysi banklar ishlaydi? Ro‘yxat
Jami 25 ta bank filiallari orqali valyuta ayirboshlash hamda pul o‘tkazmalarini amalga oshirish mumkin.
5 dekabr 2025, 21:27 Ta'lim
Talaba va o‘quvchilar uchun qishki ta’til qachon boshlanishi ma’lum qilindi
OTM talabalari, texnikum, kollej va akademik litseylar o‘quvchilari uchun ta’til 28-dekabrdan 10-yanvargacha davom etadi.
