TikTok Yevropa va Buyuk Britaniyadagi sotuvchilar bilan hamkorlik qilishni boshladi, kompaniya oʻz ilovasi orqali foydalanuvchilarga mahsulotlarni toʻgʻridan-toʻgʻri xarid qilish imkonini bermoqda, deya xabar berdi “Bloomberg”.

Ayni paytda bu funksiya ayrim sotuvchilar uchun sinov rejimida ishlab turibdi. Kompaniya uni qachon ommaviylashtirishi hozircha maʼlum emas.

TikTok allaqachon Shopify va Walmart kabi sheriklik dasturlarida xarid funksiyalarini sinovdan oʻtkazib boʻlgan, ammo ularga oid ayrim texnik kamchiliklar oxirigacha yakunlanmagandi.

“Bloomberg"ning qoʻshimcha qilishicha, TikTok Douyinʼning muvaffaqiyatini takrorlashga umid qilmoqda, oʻshanda foydalanuvchilar birinchi yilning oʻzidayoq $26 milliardlik mahsulot sotib olishgandi.