Kelgusi avlod “iPhone"larining yarmidan ko’pi 5G to’lqinli (mmWave) texnologiyasini qo’llab-quvvatlaydi, deyaxabar beradi Tayvanning axborot texnologiyalari va elektronika nashri DigiTimes.

Tarmoq manbalariga ko’ra, “iPhone"ning navbatdagi taqdimotida qatorida simsiz ishlashni yaxshilash uchun yangi modemlar, quvvat kuchaytirgich chiplari va boshqa komponentlar namoyish etiladi.

Mavzuga doir: Apple 2021-yil hisobida birinchi bor yirik taqdimotni o’tkazadi. Tahlilchilar “inqilobiy o’zgarishlar” bo’lmaydi, ammo yangi qurilmalar albatta taqdim etiladi deyishmoqda.

Apple mahsulotlarini yetkazib berish zanjiridagi ishlab chiqaruvchilar kommunikatsiya infratuzilmasi tezroq rivojlanishini kutmoqdalar, chunki 5Gni qo’llab-quvvatlaydigan ko’plab qurilmalar paydo bo’lib, yangi buyurtmalarga turtki bo’ladi.

DigiTimes manbalariga ko’ra, 5G tarmog’iga o’tish joriy yilning 2-yarmida rivojlanishni boshlaydi, 2022-yilda esa jadal o’sishga o’tish rejalashtirilmoqda.

Apple ortidan Android operatsion tizimida ishlaydigan elektronika ishlab chiqaruvchilar ham 5G mmWave quvvatiga ega qurilmalarni seriyali ishlab chiqarishni boshlashni rejalashtirmoqda.