Tesla va SpaceX korporatsiyalari asoschisi Ilon Maskning boyligi Tesla aksiyalarining 5 foizga kamayishi ortidan $6mlrdga kamaydi. Bu haqda Forbes nashri xabar beradi.

Aksiyalar narxining arzonlashuviga sabab Xitoyda Tesla elektromobillariga bo’lgan talabning pasayishi bilan bog’liq.

Aprel oyida mashinalarga 18 000 dona buyurtma kelib tushgan edi, may oyida esa bu ko’rsatgich ikki barobarga kamaydi. Hozirgi vaqtga kelib uning boyligi Forbes reytingida $145,7 mlrdga baholanmoqda. Li’s equity research

O’z navbatida, “Li's equity research” tadqiqot kompaniyasi, Teslaning Xitoydagi buyurtmalari aprel oyida taqqoslaganda may oyida taxminan 30% ga kamayganligini hisoblab chiqdi.

“Ikkalasi ham halokatli. Teslaning Xitoy bilan munosabatlaridagi inqiroz jiddiy oqibatlarga olib kelishi mumkin”, dedi JL Uorren Kapitalning bosh direktori Junheng Li.

Tesla so’nggi oylarda Xitoyda o’z avtomobillarining xavfsizligi va sifatiga oid iste’molchilar niriziliklarini hal qilishda qiyinchiliklarga duch keldi, deya qayd etadi MarketWatch.

Kompaniya shuningdek, Xitoyning elektromobillar ishlab chiqaruvchi Nio kompaniyasi bilan ham raqobat olib bormoqda. CNBC kompaniyasining ma’lumotiga ko’ra, Tesla o’z mahsulotlarini elektr transport vositalarining narxlarining ko’tarilishi va sifati bilan bog’liq bo’lgan munosabat tufayli qaytarib olishga majbur bo’lgan.