“O‘zbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasi” AJ axborot xizmati xabar berishicha, Latviyaning Riga shahrida ilk bor “O‘zbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasi” AJ ning xorijiy savdo maydonchasi ochildi. Birjaning yangi xorijiy savdo maydonchasi ta’sischisi Latviyaning OOO “Shipleart” (AP Holding) kompaniyasi bo‘ldi.
Birjaning yangi savdo maydonchasini ishga tushirilishi bilan bug‘doy, shakar, paxta yog‘i va boshqa mahsulotlarini birjaning elektron savdo tizimlari orqali erkin import qilish, shuningdek, neft mahsulotlari, qora metallar, kimyoviy mahsulotlar, elektrotexnika mashinalari va uskunalarini eksport qilish imkoniyatlari ochilmoqda.
Bunda xorijiy kompaniyalar birja savdolari va elektron tijoratning bozor mexanizmlari imkoniyatlaridan foydalangan holda O‘zbekiston tovar bozorlariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri chiqishlari mumkin.
Shunday qilib, hozirgi kunda “O‘zbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasi” AJ xalqaro savdo tarmog‘i 15 ta xorijiy savdo maydonchalaridan iborat.
10 iyun 2021, 10:15
Iqtisodiyot
Yevropada o‘zbek birjasining birinchi savdo maydonchasi ochildi
Birjaning yangi xorijiy savdo maydonchasi ta’sischisi Latviyaning OOO “Shipleart” (AP Holding) kompaniyasi bo‘ldi.

Foto: MarketWatch
«Spot»
- 718
- Izoh
- Tavsiya qilish
So‘nggi yangiliklar
Bugun, 17:05 Qonunchilik
Senat uch oydan ortiq xorijda bo‘lib qaytganlar majburiy OIV tekshiruvidan o‘tkazilishi to‘g‘risidagi qonunni ma’qulladi
O‘zbekiston fuqarolari va mamlakatda doimiy yashaydigan fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar majburiy tibbiy tekshiruvdan budjet hisobidan o‘tkaziladi.
Bugun, 15:55 Qiyofa
Hukumatga qurilishlarni tartibga solish bo‘yicha ishlar yuzasidan parlament so‘rovi yuboriladi
Senatorlar ko‘p qavatli uylarga yaqin joylarda o‘zboshimcha qurilishlarni oldini olish bo‘yicha chora-tadbirlar yetarli emasligini ta’kidladi.
Bugun, 14:35 Energetika
Angrenda yiliga 15 mingta transformator ishlab chiqaradigan korxona ishga tushirildi
Loyiha asosida 6−10 kVli hamda 35 kVli tarqatish tarmoqlari uchun turli quvvatdagi transformatorlar ishlab chiqariladi.
Bugun, 14:32 Qonunchilik
Soliq qo‘mitasi raisiga ERI bilan bog‘liq holatlar yuzasidan deputat so‘rovi yuborildi
Deputat so‘rov orqali sohani takomillashtirish bo‘yicha bir qator takliflar kiritgan.
Bugun, 13:49 Transport
Toshkentdan Chorvoqqa yangi avtomobil yo‘li quriladi
Transport vazirining aytishicha, loyiha hozirgi mavjud yo‘lga teginmagan holda amalga oshiriladi.
Bugun, 10:41 Iqtisodiyot
Toshkent uchun 2030-yilgacha 20 mln yo‘lovchiga mo‘ljallangan yangi aeroport quriladi — Uzbekistan Airports raisi
Loyihaning 10 yilga kechiktirilishi YIMga $8,6 mlrd zarar keltiradi. Hozirda mavjud aeroport o‘sib borayotgan yo‘lovchi oqimini ko‘tara olmayapti.
Kecha, 23:26 Transport
Toshkent-Samarqand pulli avtoyo‘li bo‘yicha tender yakunlandi — Transport vaziri
Ilhom Mahkamov uzoq vaqt davom etgan xalqaro tanlov g‘olibi bilan yakuniy muzokaralar olib borilishini ma’lum qildi. 2025-yilda qurilishni boshlash rejalashtirilgan.
Kecha, 21:19 Iqtisodiyot
Dam olish kunlari qaysi banklar ishlaydi? Ro‘yxat
Haftaning shanba va yakshanba kunlari jami 20 ta bank tomonidan valyuta ayirboshlash hamda pul o‘tkazmalari amalga oshiriladi.