Tajribali investor, Growth Academy va Shift o’quv markazlari asoschisi, O’zbekistondagi birinchi moliyaviy savodxonlik blogiga asos solgan tadbirkor ayol Shohida Ibragimova o’z muvaffaqiyatiga hissa qo’shgan va dunyoqarashni shakllantiradigan eng sara kitoblar ro’yxati bilan bo’lishdi.

Growth Academy — bugungi kunda kattalar va bolalar uchun ingliz tili va matematika asoslarini butunlay boshqa formatda (STEAM) o’rgatib kelayotgan o’quv markazidir. Shift markazi esa grafik dizayn, SMM, treyding kurslari va boshqa moliyaga oid loyihalarni amalga oshiradi.

1."Vavilonlik eng boy odam" — Jorj Kleyson

Albatta, bu kitob sizni millioner qilib qo’ymaydi, ammo bilim darajasidan qat’iy nazar odamlarga pulni qanday ishlatishni bayon qiladi. Kitob Qadimgi Bobil aholisi haqidagi hikoyalar shaklida to’plangan. Ushbu qisqa hikoyalar sizga boylikning 5 qonunini va boyishning 7 qoidasini o’rgatadi.


2. “Moliyaviy erkinlikka yo’l” — Bodo Shefer

Bodo Shefer ajoyib energiya tarqatadigan energetik inson. Bodo Shefer birinchi millionga erishish bo’yicha maslahat beradi. Shuningdek, u qarzdan qutulish strategiyasini olib kelgan, mag’lubiyat psixologiyasi haqida gapirgan va hayotidan juda ko’p voqealarni keltirgan.
Kitob sizni moddiy ahvolingizni o’zgartirishga, qarzlar bilan xayrlashishga, pul tejashni o’rganishga va daromadingizni oshirishga undaydi.



3."Fikringizni o’zgartiring va hayotingizni o’zgartirasiz" — Brayan Treysi

Ushbu kitob sizning fikringizni o’zgartirishga va cheksiz imkoniyatlarga yangi yo’llarni ochishga yordam beradi. Unda professional va shaxsan farovonlikka erishish uchun 12 ta tamoyil keltirilgan.


4."Uchinchi eshik" — Aleks Banayan

Ushbu kitob Forbes ro’yxatiga kirgan eronlik muhojirlarning oilasidan chiqqan muallifining muvaffaqiyati siridir.


5."O'yla va boy bo’l" — Napoleon Xill

Ushbu mavzu bo’yicha eng yaxshi kitoblardan biri. Unda “suv” yo’q, faqat samarali maslahat va tavsiyalar. Kitob oʼz oldingizga maqsad qoʼyishni, ishonch tuygʼusini mustahkamlashni, turli sinovlarni yengib oʼtishni, izlanishni oʼrgatadi. Shuningdek, maxsus bilimlar, aql-zakovat, ortga chekinmaslik haqida keng tushuncha beradi.

Kitobda koʼplab insonlar hayotidan olingan ibratli misollar keltirilgan. Unda fikr kuchi, gʼayrat shijoat, baxt-saodatga erishish yoʼllari, muvaffaqiyatning oddiy sirlari bayon etilgan.


6."Boy bo’l! 4 asos va asosiy sir" — Itsxak Pintosevich

Kitobda turtki beruvchi qiziqarli fikrlar mavjud. Muallif nafaqat o’z kitoblarini, balki Den Kennedi, Deyl Karnegi va boshqa mualliflarning kitoblarini ham o’qishni tavsiya qiladi.



7."Pul oqimining kvadranti" Robert Kiyosaki, Sh. Letcher

Bu kitob moliyaviy bilimlar haqida. Odamlar bozor talablariga moslasha olmay qiynalib yurgan dastlabki paytlarda, bundan ancha yillar muqaddam, badavlat ishbilarmonlar ozod-erkin hayot kechirishning bir nechta qoidalarini oʼrganib chiqishdi.

Mazkur kitobni oʼqish jarayonida oʼsha qoidalardan voqif boʼlish barobarida, siz pul uchun emas, balki pulning sizga va siz uchun xizmat qilishi kerakligini anglaysiz. Bu kitob moliyaviy boshqarish sirlarini oʼrganishda sizga yordam beradi.

Kitob sanoat davridan informatsion davrga o’tish uchun hayotida chuqur professional va moliyaviy o’zgarishlarni amalga oshirishga tayyor odamlar uchun yozilgan.


8."Boy ota, kambag’al ota" — Robert Kiyosaki

Har kim oʼz farzandiga bilganicha taʼlim-tarbiya beradi. Bu borada hammaning oʼz qarashi bor. Аmmo kelajak kimning yoʼli toʼgʼriroq ekanini, albatta, koʼrsatadi… Mazkur kitobda boy va kambagʼal toifadagi otalarning fikr-mulohazalarini, bu xususdagi tamoyillarini keltirar ekanmiz, siz azizlarda solishtirish imkoni mavjud boʼladi.



9. “Yuqori samarali odamlarning yetti odati” Stiven Kovi

Bu “tejash, sarmoya kiritish va baxtli yashash” maslahatlari emas. Uning tavsiyalari dalillarga asoslanadi. Xususan, u qanday qilib maqsadlarga erishish, hayotni rejalashtirish, odamlar bilan muloqot qilish haqida gapiradi.


10. “Haftada bitta odat” Bret Blumental

Bret Blumental biz to’g’ri yashamayapmiz va to’g’ri ovqatlanmayapmiz deb hisoblaydi, chunki biz bir vaqtning o’zida juda ko’p narsalarni raja qilamiz. Uning tavsiyasi quyidagicha: bir hafta davomida har hafta o’zingizni kitob sahifalarida topadigan 52 odatdan birini tanishtiring.