Xitoy xalq banki Syun’an rayonida maoshlarni to‘lash uchun milliy raqamli valutani (CBDC) sinab ko‘rdi. Bu haqda SoinDesk xabar bermoqda.

Xabar qilinishicha, milliy raqamli valutada maoshlarni to‘lash bo‘yicha sinovda markaziy bank hududiy bo‘limi, Bank of China filiali va Xitoy taraqqiyot va islohotlar komissiyasi qatnashgan. Maoshlar blokcheyn asosidagi maxsus platforma yordamida ishchilarga tarqatilgan.

Mahalliy hokimiyatning bildirishicha, mazkur texnologiya bilan maosh to‘lash jarayoni tezlashgan va shaffoflashgan.

Xitoy xalq bankining aytishicha, CBDC bir soniyada kamida 250 mingta tranzaksiyalarni amalga oshiradi va oxirgi bir yilda Xitoyda raqamli valuta bilan savdo qilish ulushi 50% dan ko‘proq miqdorda oshgan.

Avvalroq Spot, Xitoy yuridik shaxslarga kriptovalyuta orqali operatsiyalar amalga oshirishni taqiqlaganligi haqida xabar bergan edi.