Joriy yilning 21-iyunidan boshlab “Uzbekistan Airways” AJ Nukus — Oqtov — Nukus yoʻnalishi boʻyicha haftaning dushanba kunlari muntazam qatnovlarni amalga oshiradi.

  • Nukus — Oqtov yoʻnalishi boʻyicha aviachipta narxi 1093000 soʻmdan boshlanadi.
  • Nukus — Oqtov — Nukus esa 1869000 soʻmni tashkil etadi.

Bundan tashqari, Toshkent va Samarqanddan Oqtovga va Nukus orqali ortga toʻgʻridan-toʻgʻri tariflar joriy etilgan. Shuningdek, “Uzbekistan Airways” AJ Urganch — Oqtov — Urganch yonalishida ham haftasiga ikki marotaba — dushanba va juma kunlari muntazam qatnovlarni amalga oshiradi.

Avvalroq Spot, Toshkent — Urganch — Oqtov yo‘nalishida yangi yo‘lovchi reysi ochilganligi haqida xabar bergan edi.