“Yashnobod” innovatsion texnoparkiga navbatdagi rezidentlar qabul qilindi
Ular orasida kimyoviy mahsulotlar, tibbiyot uskunalari ishlab chiqarishni tashkil etuvchi kompleks va temir yo’l avtomatizatsiyasi tizimlarini o’rganuvchi korxonalar mavjud.
Foto: Eldos Fazilbekov / Spot
Ko‘pirtirilgan polipropilen ishlab chiqaruvchi “RHODIUM POLIMER” MCHJ QK,
tuproq ostidan tomchilatib sug‘orish tizimi korxonasi “ECOSUV” MCHJ,
oltingugurtli bitum va oltingugurtli beton ishlab chiqaruvchi “BIXT BT” MCHJ QK,
“Shirana” brendi ostida yuqori texnologik tibbiy uskunalar ishlab chiqaradigan zamonaviy kompleksni tashkil etuvchi “CHIRANAASIA” QK,
Texnologik jarayonlarni avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimi, temir yo‘l avtomatizatsiyasi va telemexanika tizimlarini ishlab chiqaruvchi “Trans Enginering Group” MCHJ,
Saraton kasalliklarida HER2 statusini aniqlash diagnostika usuli korxonasi “TUMOR ON TARGET” MCHJ.
Barcha zarur infratuzilmaga ega ishlab chiqarish va ofis xonalari qurilib, ular texnopark rezidentlariga ijaraga berildi. Hozirda tadbirkorlardan texnopark rezidenti maqomini olish uchun arizalar qabul qilinmoqda.
“Yashnobod” innovatsion texnoparki yuqori texnologiyalarni rivojlanishi uchun qulay shart-sharoitni yaratish, ilmiy, texnologik va innovatsion tadbirkorlikning barqaror rivojlanishini ta’minlash, kichik innovatsion korxonalarni tashkil etish, ichki va tashqi bozorga raqobatbardosh, yuqori texnologiyali mahsulotlarni ishlab chiqarish va yetkazib berishni yo‘lga qo‘yish maqsadida tashkil etilgan.
Tahlilchilarning fikricha, mamlakatga valyuta oqimining kirib kelishi so‘m barqarorligiga yordam beradi. Biroq, uning mustahkamlanishi import tovarlarining arzonlashishiga ta’sir qilmasligi mumkin. Yil oxiri bilan dollar kursi 12 700−12 800 so‘m atrofida bo‘lishi kutilmoqda.
Avtomobil haydovchilari YPX xodimlariga nazorat vaqtida pasport yoki ID-kartaning asl nusxasini taqdim etishlari kerak. Ularning elektron nusxalaridan ma’muriy amaliyot markazlari, ro‘yxatga olish hamda imtihon bo‘limlarida foydalanish mumkin.
Senator mamlakatda dastlabki to‘rt oyda qo‘y go‘shti 15,2%, mol go‘shti esa 14,6% ga qimmatlashgani, bu o‘tgan yilga nisbatan mos ravishda 32,3% va 30,5% ni tashkil etganini ma’lum qildi. Mutasaddilar talabni qondirish va narxlar barqarorligi uchun qanday choralar amalga oshirilishini tushuntirdi.