Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2021-yilning yanvar-may oylarida benzin ishlab chiqarish 456,2 ming tonnaga yetgan. Bundan tashqari, ayrim turdagi sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarish hajmida ham oʻzgarishlar kuzatilgan:

  • Avtomobil benzini — 456,2 ming tonna
  • Koʻmir — 1854,0 ming tonna
  • Neft va gaz kondensati — 863,3 ming tonna
  • Yengil avtomobil — 85 794 dona
  • Avtobus — 323 dona
  • Yuk mashinasi — 1606 dona
  • Traktor — 173 dona
  • Avtomobil dvigatellari — 57 364 dona

Avvalroq Spot, Oʻzbekiston yanvar-aprel oylarida $66,4 millionlik benzin import qilganligi haqida yozgan edi. Oʻshanda olib kelingan avtomobil benzinining katta qismi Rossiya, Turkmaniston va Qozogʻiston hissasiga toʻgʻri kelgan.