Davlat statistika qo‘mitasining ma’lumotlariga ko‘ra, 2021-yilning yanvar-aprel oylarida O‘zbekistonga qiymati $66,4 millionga teng bo‘lgan 207,5 million litr avtomobil benzini import qilingan.

Mamlakatimizga olib kelingan benzinning katta qismi Rossiya (39,0 million), Turkmaniston (22,5 million) va Qozog‘iston (4,6 million) hissasiga to‘g‘ri kelmoqda.

Shuningdek, ushbu yoqilg‘ini eng ko‘p import qilgan hududlar quyidagilarni tashkil etmoqda:

  • Toshkent shahri — $46,7 million
  • Farg‘ona viloyati — $8,7 million
  • Buxoro viloyati — $4,7 million
  • Samarqand viloyati — $2,2 million
  • Sirdaryo viloyati — $1,8 million
  • Namangan viloyati — $1,3 million
  • Toshkent viloyati — $424,0 ming
  • Xorazm viloyati — $293,6 ming
  • Qoraqalpog‘iston Respublikasi — $133,9 ming
  • Qashqadaryo viloyati — $69,0 ming.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Spot 2021-yilning 1-choragida O‘zbekiston qancha sement import qilganligi haqida yozgan edi.