Davlat statistika qo‘mitasining ma’lumotlariga ko‘ra, 2021-yilning 1-choragida xorijdan O‘zbekistonga 765,3 ming tonna sement import qilingan.

Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirganda 475,2 ming tonnaga ko‘p.

Qo‘mita xabaridan xulosa qildaigan bo‘lsak , joriy yilning 1-choragida O‘zbekiston sement import qilgan asosiy davlatlar quyidagilar:

  • Qozog‘iston — 338,5 ming tonna
  • Qirg‘iziston — 227,4 ming tonna
  • Tojikiston — 189,0 ming tonna
  • Turkmaniston — 7,1 ming tonna
  • Eron — 3,2 ming tonna.

Eslatib o‘tamiz, Spot joriy yilning dastlabki 2 oyida qancha sement import qilinganligi haqida xabar bergan edi.