Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2021- yilning yanvar-fevral oylarida xorijdan O‘zbekistonga 528,5 ming tonna sement import qilingan.

Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 354,9 ming tonnaga ko‘p.

2021 yilning ikki oyida import qilingan sement hajmi 2020 yilda import qilingan sementning 1/5 qismiga teng.

O‘zbekiston sement import qilgan asosiy davlatlar:

  • Qozog‘iston — 226,7 ming tonna
  • Qirg‘iz R. — 159,5 ming tonna
  • Tojikiston — 134,3 ming tonna.

O‘z o‘rnida 2021 yilning yanvar-fevral holatiga O‘zbekistonda 1,3 mln. tonna sement ishlab chiqarilgan.