Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2021-yilning yanvar-may oylarida O‘zbekistonga xorijdan 205 ta elektromobil import qilingan. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 179 taga ko‘p.
2021-yilning may oyida 49 ta elektromobil import qilingan.
2021-yilning yanvar-may oylarida O‘zbekiston asosan quyidagi davlatlardan elektromobillarni import qilgan:
- Xitoy — 166 ta
 - Turkiya — 24 ta
 - Koreya — 5 ta
 - AQSH — 5 ta
 - Germaniya — 3 ta
 - Litva — 1 ta
 - Ispaniya — 1 ta
 
Aprel oyidagi statistika bilan quyidagihavola orqali tanishish mumkin.
                                            
                                            
											
											
											
											
											
											
											
											