MasterCard va CrescentRating tashkilotlari tomonidan har yili eʼlon qilinadigan “Jahon Musulmon Sayohati Indeksi” xalqaro reytingida Oʻzbekiston 16-oʻrinni egalladi (olti pogʻona yuqorilagan). Bu haqda Din ishlari boʻyicha qoʻmita Axborot xizmati xabar berdi.

“Oʻzbekistonning bu yilgi hisobotda jadal koʻtarilishiga mamlakatimizning Islom dini bilan bogʻliq boy merosini oʻrganish va xalqaro miqyosda ommalashtirishga qaratilgan qator loyihalari asosiy sabab ekanligi koʻrsatildi”, — deyilgan xabarda.


Maʼlumot uchun, Oʻzbekiston ushbu reytingda 2018-yilda 32-oʻrin, 2019-yilda 22-oʻrinni egallagan edi.