“AvtoOyna” MCHJ avtomobil egalariga issiq kunda quyosh nuridan himoyalovchi ishonchli vosita sifatida atermal oynalarni taklif qilmoqda.
Atermal oyna asboblar panelining plastik qismlarining qizish darajasini pasaytirishga imkon beradi. Bundan tashqari, oynaning ushbu turi ultrabinafsha nurlanish miqdori ta’sirini kamaytiradi.
Atermal oyna ultrabinafsha nurlardan himoyalanishda yuqori darajaga ega bo‘lib, avtomobil salon qismining hamda asboblar panelining haddan tashqari qizib ketishini oldini oladi. Shuningdek, oynaning porlashini kamaytiradi. Ishlab chiqarish jarayonida tarkibiga kumush ionlari hamda temir oksidi qo‘shiladi.
Atermal oyna o‘rnatilishi nima beradi?
- Klimat-kontrol tizimining ishlash yukini kamaytiradi;
- haydovchi va yo‘lovchilar uchun avtomobil salonidagi haroratni qulay saqlashda sovutish tizimi kuchayib ishlashining oldini oladi;
- asboblar paneli kamroq qiziydi va quyosh nurlariga deformatsiyalanmaydi;
- oyna porlashining pasayishi bilan ko‘z charchashini kamaytirishi;
- sovutish tizimining yanada samarali ishlashi;
- qoplama rangini pasayishdan himoyalaydi;
- oynalarning kamroq terlashi;
- infraqizil hamda ultrabinafsha nurlarni yutadi (50% gacha);
- qoraytirilgan oynalardan farkli tomoni bu ko‘shimcha to‘lovning yo‘qligi.
Atermal oyna oddiy oynalardan yuqori darajali chidamliligi bilan farq qiladi. Ular ko‘k, yashil yoki binafsha ranggi bilan avtomobilga o‘ziga xoslik xususiyatini beradi.
Atermal oynalarni allaqachon Toshkentning Sergeli hamda Farxod bozorlaridan xarid qilishingiz mumkin. Tez orada, ushbu mahsulotni Chevrolet ning barcha servis markazlaridan ham topishingiz mumkin bo‘ladi.
O‘zbekistonda atermal oynadan foydalanishga ruxsat beriladimi
Quyidagi shartlar asosida ruxsat beriladi:
- Avtomobil oynasining o‘zi 100% yorug‘lik o‘tkazuvchanligiga ega emasligini inobatga olgan holda, xohlasangiz agar, atermal oyna ustini qoraytirishingiz mumkin.
- Agar Siz boshqa mamlakatga sayohat qilmoqchi bo‘lsangiz, unda mamlakatning yorug‘lik o‘tkazuvchanlik qoidalarini hisobga olishingiz kerak;
- “Xameleon” tipidagi himoya oynalar yorug‘lik o‘tkazuvchanligini o‘lchash natijasida, o‘lchov nuqtasiga qarab turli xil ma’lumotlarni ko‘rsatadi.
Avvalroq Spot, anomal issiqda mashinalarni qanday himoya qilish to’g’risida yozib qoldirgan edi.