Kompaniya “Яндекс.Дзен"da qisqa videolarning cheksiz tasmasini ishga tushirdi. Bu bir daqiqagacha videoli lentalar ilovasi boʻlib, TikTok-ni eslatib yuboradi.

Videolarni Yandex ilovasidagi alohida “Videolar” yorligʻi ostida yoki asosiy “Яндекс.Дзен” tavsiyanomasi orqali koʻrish mumkin. Kontentni yoqtirishingiz va sharhlashingiz mumkin.

Hozircha Yandex dasturida toʻgʻridan-toʻgʻri videolarni suratga olish va tahrir qilish imkoni yoʻq, faqat tayyor videoni yuklash mumkin. Kompaniya yaqin orada kamera va video muharriri funksiyalarini ishga tushirishni vaʼda qilmoqda.

Platformadagi videolarda standart monetizatsiya yoʻq, shuning uchun ilova blogerlarni qoʻllab-quvvatlash dasturini ishga tushirdi va mukofotlar uchun 50 million rubl ajratdi (koʻrishlar soniga qarab).

Yandex maʼlumotlariga koʻra, iyul oyida ilova foydalanuvchilari har kuni qisqa videolarga 10 million daqiqadan koʻproq vaqt sarflashgan, bu videoni koʻrish soni kuniga 20 millionga yaqinlashgan.