Davlat statistika qoʻmitasining xabar berishicha, 2021-yilning yanvar-iyun oylarida Oʻzbekistonda yalpi ichki mahsulot (YaIM) hajmi joriy narxlarda 318,5 trln soʻmni tashkil etmoqda. Bu oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 6,2% ga koʻproq.

YaIM oʻsishiga qishloq, oʻrmon va baliqchilik xoʻjaligida 1,8%, sanoatda 8,5%, qurilishda 0,1% va xizmatlar sohasida 8% oʻsish hisobiga erishilgani qayd qilingan.

Hududlar kesimida yuqori oʻsish surʼatlari Toshkent shahri (14%), Sirdaryo (12,3%), Toshkent (7,8%)va Qashqadaryo (7,7%) viloyatlarida qayd etildi.

2021-yilning yanvar-mart oylarida respublika iqtisodiyoti 2020-yilning mos davriga nisbatan 3% ga oʻsib, yalpi ichki mahsulot hajmi 128,6 trln soʻmni tashkil etgani ma’lum qilingandi.

Avvalroq Spot Markaziy bank inflyatsiya darajasi ortishining asosiy xatarlarini sanab oʻtganligi haqida yozgan edi.