Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2021-yilning yanvar-iyul oylarida Oʻzbekistonga xorijdan 432 ta elektromobil import qilingan. Bu koʻrsatkich oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 364 taga koʻp.
2021-yilning iyun oyida Oʻzbekistonga 63 ta elektromobil olib kelindi, bu may oyiga qaraganda 14 taga koʻp.
Mazkur davrda Oʻzbekiston asosan quyidagi davlatlardan elektromobillarni import qilgan:
- Xitoy — 388 ta
 - Turkiya — 24 ta
 - Janubiy Koreya — 5 ta
 - AQSH — 6 ta
 - Germaniya — 4 ta
 - Litva — 1 ta
 - Ispaniya — 1 ta
 - Rossiya — 1 ta
 - Gongkong — 1 ta
 - BAA — 1 ta
 
O’tgan 7 oy mobaynida elektromobillar importi uchun $7,7 mln sarflangan.
                                                    
											
											
											
											
											
                            
											
											