AOKA’da AKT vazirligi axborot xizmati rahbari Sherzod Ahmadov ishtirokida brifing o’tkazildi.

Unda Britaniyaning mobil internet narxlari to‘g‘risidagi Cable.co.uk portali hisoboti: O‘zbekiston 230 mamlakat orasida 21-o‘rinni egallaganligi qayd etildi (33 pog‘ona o‘sish).

Berilgan statistikaga binoan hozirdag tayanch stansiyalar soni — 37 484 ta. Mobil aloqa foydalanuvchilari — 27,5 millionni, mobil internet foydalanuvchilar — 21,7 millionni tashkil etadi.

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali 257 turdagi elektron xizmat ko‘rsatilmoqda. Shu yil birinchi yarmida portal xizmatlari natijasida aholining 18 mlrd. so‘mdan ortiq mablag‘i iqtisod qilindi.

Davlat organlarining 120 dan ortiq axborot tizimi o‘rtasida oyiga o‘rtacha 100 mln. dan ortiq axborot almashinuvi amalga oshirilmoqda. Natijada qog‘oz xarajatlari uchun oyiga 7 mlrd. so‘m, yiliga 84 mlrd. so‘m tejalmoqda.

Dasturiy mahsulotlar va ko‘rsatilgan IT-xizmatlar — 2021-yil yarmida 650 mlrd. so‘m. Eksport qilingan dasturiy mahsulotlar va IT-xizmatlar — $17,5 mlnni tashkil etdi. dollari.