O‘zbekistonda elektron xizmat ko‘rsatuvchi xorijiy kompaniyalar qancha soliq to‘lagani ma’lum bo‘ldi. Bu haqda Soliq qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi.

2024-yilning yanvar-mart oylarida mamlakatdagi jami 57ta xorijiy kompaniya tomonidan to‘langan soliqlar miqdori 23,6 mlrd so‘mni tashkil etdi.

Ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 1,4 barobarga oshgan. To‘langan soliqlarning 96,5%i elektron xizmatlar ko‘rsatuvchi 10ta xorijiy kompaniya hissasiga to‘g‘ri keladi.

Ulardan eng ko‘p soliq to‘lagan xorijiy kompaniya “Meta” bo‘ldi. Kompaniya tomonidan to‘langan soliqlar 8,9 mlrd so‘mni tashkil etdi.

Undan keyingi kuchli uchlikni 6,5 mlrd so‘m bilan “Google” hamda 4,5 mlrd so‘m bilan “Apple” kompaniyalari band etdi.

O‘zbekistonda eng ko‘p soliq to‘lovchi Top-10ta xorij kompaniya ro‘yxati:

Xorijiy kompaniyalar
To‘langan soliq miqdori
1Meta
8,9 mlrd so‘m
2Google
6,5 mlrd so‘m
3Apple
4,5 mlrd so‘m
4Вooking.соm776,8 mln so‘m
5Amazon
549,4 mln so‘m
6Acca337,3 mln so‘m
7Zoom
333,3 mln so‘m
8Netflix
324,7 mln so‘m
9Yandex212,1 mln so‘m
10Xsolla
193,4 mln so‘m

“Meta” o‘tgan yilda eng ko‘p soliq to‘lagan xorijiy kompaniya bo‘ldi. Kompaniya tomonidan to‘langan soliqlar 2023-yilda 26,4 mlrd so‘mni tashkil etdi.

Avvalroq 2024-yilning birinchi choragida umumiy ovqatlanish korxonalari tomonidan 258,9 mlrd so‘m soliq to‘langani ma’lum qilindi.