Onlayn auksionga Qashqadaryo viloyati, Shahrisabz tumani, “Oq suv” MFY da joylashgan qurilishi tugallanmagan dam olish maskani sotuvga qo’yildi.

Dam olish zonasi 4,08 gektar maydonda joylashgan. Inshoot uchun boshlang’ich narx 3,9 mlrd so’m deb belgilangan.

Asosiy faoliyat turi dam olish va sog’lomlashtirish. Unda elektr toki va suv ta’minoti mavjud emas.

Arizalarni qabul qilish 4- sentyabrgacha davom etadi. Auksion 6- sentyabr kuni bo’lib o’tadi.

Mavzuga doir: “Chorvoq oromgohi” va “Sijjak” dam olish maskani sotuvi bo’yicha arizalar qabul qilish muddati uzaytirildi. Arizalar ko’proq investorlarni jalb etish maqsadida joriy yilning 6- sentyabr kunigacha qabul qilinadi.