Uzbekistan Airways aviakompaniyasi yangi modelga asoslangan aviatashuvlar boshlaganini e’lon qiladi.

Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 30 yilligiga bagʻishlab hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 30 apreldagi №5100-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida “Uzbekistan Airways” AJ aviatashuvlar borasida gibrid modelga oʻtmoqda.

Yangi modeldagi aviatashuvlar “Uzbekistan Express” nomi ostida aviakompaniyadagi mavjud liniyalarda parvozlarni amalga oshiradi.

Uzbekistan Express ilk parvozini joriy yilning 30-avgust kuni “toʻliq iqtisodiy klass"ga (ekonom) oʻtkazilgan Airbus A320 havo kemasida Toshkent-Moskva-Toshkent yoʻnalishi boʻyicha amalga oshiradi.