Hukumat qarori bilan Yer uchastkalarini davlat va jamoat ehtiyojlari uchun doimiy foydalanishga ajratishning ma’muriy reglamenti tasdiqlandi
Reglamentga ko‘ra, yuridik yoki jismoniy shaxslarning egaligida, foydalanishida, ijarasida yoki mulkida bo‘lgan yer uchastkasi davlat va jamoat ehtiyojlari uchun ulardan olib qo‘yilgandan (sotib olingandan) va davlat mulki sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganidan keyin beriladi.
️Yer uchastkasini ajratish bo‘yicha materiallarni tayyorlash ishlari buyurtmachi hamda Davlat kadastrlari palatasi hududiy boshqarmasi tomonidan shartnoma asosida bajariladi.
Shartnoma tuzilgandan keyin 20 ish kuni davomida elektron shaklda yer uchastkasi ajratish haqida hujjatlar yig‘majildi tayyorlanadi va “YERELEKTRON” avtomatlashtirilgan axborot tizimi orqali Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga yuboriladi.
Hokimliklar hujjatlar yig‘majildini olgandan so‘ng uni 5 ish kuni davomida o‘rganadi hamda davlat ekologik ekspertizasi xulosasini olish uchun buyurtmachiga yuboradi.
Davlat ekologik ekspertizasi Davlat ekologiya qo‘mitasining ixtisoslashtirilgan ekspert bo‘linmalari tomonidan 20 ish kuni davomida o‘tkaziladi.
Keyin hujjatlar qurilish bosh boshqarmasi tomonidan 3 ish kuni davomida o‘rganib chiqilib, ajratiladigan yer uchastkasi bo‘yicha xulosa tayyorlanadi.
️Shunga ko‘ra, yer uchastkasini ajratish materiallari vakolatli organlar bilan kelishiladi.
Davlat va jamoat ehtiyojlari uchun yer uchastkasini doimiy foydalanishga ajratish haqida qaror qabul qilingach, shu asosda 3 ish kunida yer uchastkasi chegaralari joyida (naturada) belgilanadi.
Buning uchun BHMning uch yarim baravari miqdorida haq undiriladi.
Huquqiy ekpertiza yakuni bo‘yicha hududiy adliya boshqarmalarining ijobiy xulosasi mavjudligi yer uchastkasini doimiy foydalanishga ajratish haqida qaror qabul qilishning majburiy sharti hisoblanadi.
Ajratilgan yer uchastkasida qurilishni boshlashga yoki foydalanishga faqat yer uchastkasiga bo‘lgan huquq davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgandan keyin yo‘l qo‘yiladi.
Qishloq xo‘jaligi maqsadlariga mo‘ljallangan yer uchastkalari davlat va jamoat ehtiyojlari uchun ajratilmaydi.
Yer uchastkalarini davlat va jamoat ehtiyojlari uchun doimiy foydalanishga ajratish tartibi belgilandi
Ajratilgan yer uchastkasida qurilishni boshlashga yoki foydalanishga faqat yer uchastkasiga bo‘lgan huquq davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgandan keyin yo‘l qo‘yiladi.
Foto: E-auksion
«Spot»
- 646
- Izoh
- Tavsiya qilish
So‘nggi yangiliklar
Kecha, 19:58 Transport
Toshkentdagi Malika bozori yonidagi bekat ko‘chirilishi mumkin
Natijada avtobuslar tirbandliksiz harakatlanib, chorraha bo‘shashi kutilmoqda.
Kecha, 19:40 Transport
Toshkent-Shahrisabz yo‘nalishida haftasiga 3 kun Afrosiyob qatnovi yo‘lga qo‘yiladi
Qatnovlar juma, shanba va yakshanba kunlari amalga oshiriladi.
Kecha, 19:05 Moliya
Bayram va dam olish kunlari qaysi banklar ishlaydi? Ro‘yxat
Jami 24 ta bank tomonidan valyuta ayirboshlash hamda pul o‘tkazmalarini amalga oshirish mumkin.
Kecha, 18:40 Iqtisodiyot
2025-yilning to‘rtinchi choragida O‘zbekistonga Rossiya va Osiyodan pul o‘tkazmalari hajmi oshdi
Bu mintaqalardan yuborilgan pul o‘tkazmalarining mos ravishda 43% va 39% ga oshishi umumiy transfertlar hajmi o‘sishining asosiy omillaridan biri bo‘ldi.
Kecha, 18:17 Iqtisodiyot
Birinchi o‘zbek kosmonavti: parvoz uchun hamkor tanlash, nomzodlarga talablar va saralash jarayoni
Qayd etilishicha, dunyoda jami ikkita kosmik stansiya va kosmonavtlarni fazoga uchira oladigan uchta mamlakat bor.
Kecha, 17:21 Texnologiyalar
Internetda O‘zbekistonning virtual raqamlari ommaviy sotilmoqda. Vaziyat haqida nimalar ma‘lum?
Raqamli texnologiyalar vazirligi raqamlar onlayn xizmatlarda ro‘yxatdan o‘tish chog‘ida faqat bir martalik kodlar uchun ishlatilishini ma‘lum qildi.
Kecha, 17:02 Biznes
Britaniyaning HSBC banki ish o‘rinlarini keng miqyosda qisqartirishi mumkin
Sun’iy intellekt joriy etilishi sabab qisqartirishlar 20 mingga yaqin kishini yoki umumiy xodimlarning qariyb 10% ini qamrab oladi.
Kecha, 17:00 Ta'lim
IT Park University qabul kampaniyasi ochilganini e’lon qiladi
Universitet bakalavriat va magistratura dasturlari bo‘yicha ta’lim olish uchun arizalarni qabul qilishni boshlaydi. Yo‘nalishlar dasturiy ta’minotni ishlab chiqish, kiberxavfsizlik, IT loyihalarni boshqarish va biznes vazifalarida sun’iy intellektni qo‘llashni o‘z ichiga oladi.