2021-yil 10-sentyabrda IT Park O‘zbekiston aholisi uchun onlayn formatida Minecraft bo‘yicha “MineLeague” turnirini o‘tkazadi.

G‘oliblar Minecraft rasmiy litsenziyasi, o‘yin klaviaturasi, o‘yin sichqonchasi va quloqchinlar ko‘rinishidagi qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlanadi.

Musobaqa uchta toifa, ya’ni Sky Wars, Bed Wars va Hunger Games bo‘yicha o‘tkaziladi.

Barcha o‘yinlar Single Elimination formatida bo‘lib o‘tadi, ya’ni matchdagi mag‘lubiyatdan so‘ng, o‘yinchilar turnirdan chetlatiladi.

Barcha xohlovchilar o‘ziga mos keladigan yosh toifasiga ko‘ra ishtirok etishi mumkin: 12 yoshgacha va 12 yoshdan kattalar.

Ro‘yxatdan o‘tishning boshlanish sanasi: 30-avgust
Ro‘yxatdan o‘tishning yakunlanish sanasi: 5-sentyabr

Ro‘yxatdan o‘tish quyidagi havola bo’yicha.