XXR raisi Si Szinpin Xitoyda yangi fond birjasi ochilishi to’g’risida xabar berdi.

Uning fikricha, yangi savdo maydoni innovatsiyaga asoslangan kichik va o’rta biznes korxonalari uchun asosiy vositaga aylanadi.

“Biz innovatsiyaga yo’g’rilgan kichik va o’rta biznes korxonalarining rivojlanishini qo’llab quvvatlaymiz va ular uchun asosiy savdo maydoniga aylanuvchi Pekin fond birjasini tashkil etamiz”, — deya ta’kidladi.

Si Szinpin platformaning ishga tushish sanasini va unga bog’liq ma’lumotlarni ochiqlamadi.

Xitoyning qimmatli qog’ozlarni tartibga solish qo’mitasi Pekin fond birjasining tashkil etilishi moliyaviy xavfsizlik sohasida tarkibiy islohotlarni chuqurlashtirish va kapital bozori tizimini takomillashtirishga yordam berishini aytdi.

Xitoyning ikkita asosiy — Shanxay va Gonkong birjalari mavjud. 2019-yilda Xitoy Shanxayda texnologik kompaniyalarni ko’proq moliyalashtirish uchun STAR Market deb nomlangan yangi birjani ishga tushirgan edi.