“UzAuto Motors” Tojikiston bozorida Chevrolet brendining Spark, Cobalt, Nexia hamda Lacetti avtomobillarini namoyish etdi. Bu haqda kompaniyaning matbuot xizmati xabar bermoqda.

Maʼlum boʻlishicha, LESINVEST kompaniyaning rasmiy distribyutori sifatida Tojikistonda Chevrolet segmentatsiyasidagi avtomobillarni sotish va xizmat koʻrsatish boʻyicha faoliyatni boshqarib boradi.

Avvalroq Spot Bu Andersson “UzAuto Motors” va “Uzauto Motors Powertrain” bosh direktori etib tayinlanganligi haqida yozgan edi.