Tashqi ishlar vazirligining xabar berishicha, Oʻzbekiston elektron viza berishni vaqtincha toʻxtatdi. Bunga e-visa.gov.uz tizimida profilaktika ishlari oʻtkazilishi sabab sifatida koʻrsatilgan.

“Shu munosabat bilan 2021-yil 6-sentyabrdan boshlab elektron viza rasmiylashtirish vaqtinchalik toʻxtatilgani aytiladi”, — deyilgan vazirlik xabarida.

Elektron vizalar Oʻzbekistonga kirish vizasini rasmiylashtirishning soddalashtirilgan tartibi oʻrnatilgan davlatlardan keluvchi fuqarolarga beriladi.

Maʼlumot uchun, e-visa.gov.uz tizimi 2018-yil iyulida ishga tushirilgan.

Avvalroq Spot 2008-yildan beri 12 ta oʻzbekistonlikning Buyuk Britaniyada “oltin viza” olganligi haqida yozgan edi.