O‘zbekistonda “yashil iqtisodiyot” texnologiyalari barcha sohalarga faol joriy etiladi.

Bu haqda davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev ayni paytda bo‘lib o‘tayotgan Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati — O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasining X syezdida aytib o‘tdi.

Shu bilan birga, mamlakatimizda kelgusi besh yilda quvvati 5 ming megavattdan ortiq bo‘lgan shamol, quyosh va gidro-elektrostansiyalar ishga tushiriladi. Natijada yiliga qariyb 3 milliard kub metr tabiiy gaz tejaladi.

Elektromobillar ishlab chiqarish va ulardan foydalanishni rag‘batlantirish bo‘yicha, alohida dastur qabul qilinadi.

Kelgusi yilning o‘zida, Toshkent shahri jamoat transportida 320 ta elektrobus qatnovi yo‘lga qo‘yiladi.

Shu bilan birga, “Yashil iqtisodiyot"ni rivojlantirish maxsus jamg‘armasi tashkil etiladi.

Bu kabi amaliy ishlar natijasida iqtisodiyotning energiya samaradorligi 20 foizga oshadi, atmosferaga chiqariladigan zararli gazlar hajmi 10 foizga qisqaradi.