Mamlakat iqtisodiyotida yuqori o‘sish sur’atlarini ta’minlash uchun, kelgusi besh yilda 120 milliard dollar, shundan kamida 70 milliard dollar xorijiy investitsiyalar jalb qilinadi.

Shu maqsadda, 2026-yilgacha xorijiy va mahalliy investitsiyalarni jalb etish bo‘yicha alohida Strategiya qabul qilinadi.

Davlat-xususiy sheriklik asosidagi loyihalar doirasida, kelgusi besh yilda transport, yo‘l qurilishi, suv xo‘jaligi va boshqa sohalarga $14 milliard investitsiya jalb qilinadi.

Kelgusi yildan, asosiy vositalarni amortizatsiya qilishga soliq imtiyozlarini kengaytirish orqali 130 mingdan ziyod tadbirkorlar ixtiyorida, har yili qariyb 2 — 2,5 trillion so‘m mablag‘ qoldiriladi.

Keyingi paytda hududlarda sanoat va infratuzilmani rivojlantirish bo‘yicha katta ishlar amalga oshirilmoqda. Buning uchun, albatta qo‘shimcha moliyaviy resurslar kerak. Shu maqsadda, O‘zbekiston taraqqiyot banki tashkil etiladi.