Joriy yilning 22-sentyabr kuni UZCARD kompaniyasi va “OEZ Innopolis” AJ, IT-PARK UZBEKISTAN ko‘magi bilan tijorat masalalari sohasida o‘zaro hamkorlik qilish to‘g‘risidakelishuvni imzoladilar.

Asosiy maqsad — O‘zbekiston va Rossiyada innovatsion texnologiyalarni rivojlantirish hamda venchur kapital sarmoyalari bo‘yicha o‘zaro manfaatli loyihalarni amalga oshirish.

Hamkorlikning asosiy bandlari:

  • Istiqbolli innovatsion loyihalar va startaplarga Rossiya va/yoki xorijiy investitsiyalarni jalb qilishda ko‘maklashish;
  • Innovatsiya sohasida ekspertli hamjamiyatni rivojlantirish;
  • Innovatsion startaplarni rivojlantirish uchun ijtimoiy qo‘llab -quvvatlash funksiyasiga ega raqamli platforma-muhitini yaratish;
  • Qo‘shma forumlar, konferensiyalar, simpoziumlar, tanlovlar, seminarlar, taqdimotlar va boshqa tadbirlarni tashkil etish;
  • Rossiyaning O‘zbekistondagi startap-loyihalari va “OEZ Innopolis” AJ da o‘zbek startap-loyihalari uchun akseleratsiyali dastur;
  • “UC Venture Fund” MCHJ (O‘zbekiston) “OEZ Innopolis” AJ da DEMO kunlarida ishtirok etish;
  • Rossiya startap loyihalari uchun “YeOPS” MCHJ (API) texnologik infratuzilmasini taqdim yetish;
  • Ta’lim va trening dasturlarini ishlab chiqish va o‘tkazish.