Respublikamizda 8 oyda 38 333,4 mlrd. so‘mlik moliyaviy xizmatlar ko‘rsatilgan

Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, joriy yilning yanvar-avgust oylari davomida respublikada 174 812,2 mlrd. so‘mlik bozor xizmatlari ko‘rsatilgan.

Bozor xizmatlarining nominal hajmi 40 858,4 mlrd. so‘mga oshgan. O‘tgan yilning shu davriga nisbatan o‘sish sur’ati 120,3%ni tashkil etgan.

Iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha ko‘rsatilgan xizmatlar hajmi:

  • ️aloqa va axborotlashtirish — 10 395,6 mlrd;
  • ️moliyaviy — 38 333,4 mlrd;
  • ️transport — 42 087,9 mlrd;
  • ️shu jumladan: avtotransport — 22 109,6 mlrd;
  • ️yashash va ovqatlanish — 4 684,0 mlrd;
  • ️savdo — 44 251,0 mlrd;
  • ️ko‘chmas mulk bilan bog‘liq — 5 062,3 mlrd;
  • ️ta'lim sohasi — 6 868,2 mlrd;
  • ️sog‘liqni saqlash sohasi — 3 052,8 mlrd;
  • ️ijara — 3 525,4 mlrd;
  • ️kompyuter va maishiy tovarlarni ta’mirlash — 2 920,5 mlrd;
  • ️shaxsiy — 4 365,7 mlrd;
  • ️me'morchilik, izlanishlari, texnik sinovlar va tahlil sohasi- 3 670,2 mlrd;
  • ️boshqalar — 5 595,2 mlrd so‘mlik bozor xizmatlari ko‘rsatilgan.