Tadbirkorlik subyektlarining marketing va biznes sohasidagi bilim va ko‘nikmalarini oshirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi tomonidan joriy yilning 8−9 oktyabr kunlari Toshkent shahrida “Taf” reklama festivali o‘tkaziladi.

Mazkur festival doirasida innovatsion marketing yarmarkalari, marketing va turistik ko‘rgazmalar, tanlovlar bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan. Unda ishtirok etish ixtiyoriy.

Festival haqidagi batafsil ma’lumot va qatnashish shartlari bilan marketing.uz sayti orqali tanishishingiz mumkin.

2020-yilgi TAF tanlovida xalqaro hakamlar hay’ati 4 kategoriya va 24 nominatsiya bo’yicha g’oliblarni tanladi. Tanlovda O’zbekiston va Armanistondan 62 ta kompaniya ishtirok etdi, 348 ta ariza topshirildi.