“O‘zbekiston: Iqtisodiy islohotlar sarhisobi va istiqboli” iqtisodiy forumida Turkiya biznes vakillari ishtirok etdi. Forumda CCI va Anadolu Group raisi Tunjay O’zilhan va kompaniya bosh direktori Burak Basharir hamda O’zbekistonlik mas’ullar o’rtasida “Coca-cola Ichimligi Uzbekistan"ni xususiylashtirish bo’yicha yakuniy hujjatlar imzolandi.

Kelishuv natijalariga ko’ra, Davaktivga $252,28 mln to’lagan “Coca-Cola İçecek A.Ş.” kompaniyasi davlat tasarrufida bo’lgan 57,118% ni qo’lga kiritdi.

Qolgan ulush esa brend asoschisi bo’lgan The Coca-Cola Company’ga tegishlidir.