Davlat statistika qoʻmitasi ma’lumotlariga koʻra, 2021-yilning sentabr oyida iste’mol sektoridagi tovarlar va xizmatlar oʻrtacha 1,1% ga qimmatlashdi.
2021-yil boshidan iste’mol sektorida narxlarning oʻsish darajasi 5,9% ni, oʻrtacha oylik oʻsish darajasi esa 0,6% ni tashkil etdi.

Yillik oʻsishda iste’mol narxlari indeksining oʻsish darajasi 10,8% ga yetdi.

Ma’lumot uchun, 2020- yilning sentabr oyida tovarlar va xizmatlar oy davomida o‘rtacha 1,4% ga, 2019- yilda esa 1,3% ga qimmatlashgan.

2021- yilning sentabr oyida narxlar va tariflar oshishi bo‘yicha yetakchilik aholiga pullik xizmatlarga tegishli bo‘lib, oy davomida ularning narxlari o‘rtacha 1,5% ga oshdi. Ushbu davrda, oziq-ovqat mahsulotlari narxlari 1,2% ga, nooziq-ovqat mahsulotlar narxlari 0,7% ga oshdi.