Vazirlar Mahkamasining qaroriga asosan Arxiv ishi va ish yuritish sohasida davlat xizmatlari ko‘rsatishning ayrim ma’muriy reglamentlari tasdiqlandi.

Mavzuli so‘rovlarni ijro etish bo‘yicha davlat xizmatlarini ko‘rsatish uchun:

  • Ariza beruvchi Davlat xizmatlari markaziga o‘zi kelib murojaat etadi yoki elektron shaklda foydalanish uchun YAIDXP dan ro‘yxatdan o‘tadi;
  • ariza beruvchilar (jismoniy shaxslar) mavzuli so‘rovlarni ijro etish bo‘yicha so‘rovnoma to‘ldiradi.

So‘rovnomaga quyidagi hujjatlar ilova qilinadi:

  • ariza beruvchi ishonchnoma asosida harakat qilayotganda — ishonchnoma nusxasi;
  • ariza beruvchi vorislik haqidagi guvohnomaga asosan merosxo‘r bo‘lganda -vorislik haqidagi guvohnoma nusxasi, ariza beruvchi qonuniy vakil bo‘lsa — uni tasdiqlovchi hujjat nusxasi;
  • so‘ralayotgan hujjatning nusxasi (agar mavjud bo‘lsa);
  • chegirmalardan (imtiyozlar) foydalanish uchun tegishli hujjatlar nusxasi ilova qilinadi.

Xizmat ko‘rsatish muddati — 22 ish kuni.

To‘lov — BHMning 0,5 barobaridan 1 barobarigacha (so‘rov hajmi va mazmunidan kelib chiqib) miqdorida yig‘im undiriladi.

️Xizmatni ko‘rsatishda “Ijtimoiy himoya yagona reyestri"ga kiritilgan va (yoki) I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslarga asoslovchi hujjatlar ilova qilingan taqdirda, davlat xizmatlari markazlari yoki YAIDXP orqali davlat xizmatini ko‘rsatishda mazkur davlat xizmati uchun belgilangan yig‘imlar bo‘yicha 50 foiz miqdorida chegirma qo‘llaniladi.