Apple hisoblarni oʻchirish funksiyasi boʻlmagan ilovalarni App Store-ga joylamaydi. Hisobni oʻchirish funksiyasi hisob yaratish taklif qilingan barcha ilovalarda boʻlishi kerak.

Kompaniya ishlab chiquvchilarga oʻz ilovasida qanday maʼlumotlarni toʻplashi va undan qanday foydalanilishini aniq tushuntirib berishini tavsiya qiladi.

Foydalanuvchilar maʼlumotlarini qayta ishlash boʻyicha toʻliq koʻrsatmalar Apple veb-saytida tasvirlangan. Yangi qoidalar 2022-yil 31-yanvardan kuchga kiradi.

Avvalroq Spot iOS 15 operatsion tizimidagi maxfiylik qoidalari oʻzgarganidan soʻng Facebook-ning reklama samaradorligi pasayganligi haqida yozgan edi.