Uzbekistan Airways AJning xabar berishicha, 2-noyabrdan boshlab “Toshkent — Qarshi — Toshkent” yoʻnalishi boʻyicha aviaqatnovlar qayta tiklanadi.
Parvozlar haftasiga 2 marotaba — seshanba va juma kunlari amalga oshiriladi.
- Toshkentdan uchish — 19:00, Qarshiga qoʻnish — 20:00
- Qarshidan uchish — 20:40, Toshkentga qoʻnish — 21:40
Bir tomonlama chiptaning narxi 211 157 soʻm, “bordi — keldi” chiptaning narxi esa 372 630 soʻmdan boshlanadi.
Avvalroq Spot Uzbekistan Airways mahalliy aviaqatnovlar sonini oshirganligi haqida yozgan edi.